Iqtisodiyot | 07:47 / 11.08.2016
7699
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni neft qazib olish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Foto: © RIA

2016 yil iyulda Saudiya Arabistoni kuniga 10,67 mln barrel neft qazib oldi va shu tariqa yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda OPeKning har oylik hisobotida aytilgan.

Saudiya Arabistoni iyul oyida neft qazib olish hajmini sezilarli oshira oldi va 2015 yilning iyulidagi rekordini yangiladi: o‘shanda qirollik kuniga 10,56 mln barrel neft qazib olishga muvaffaq bo‘lgan. Yoz oylarida neftga talabning yuqori bo‘lishi ob-havo sharoitlari bilan tushuntiriladi: ushbu oylar konditsionerlardan ko‘proq foydalaniladi va bu mahalliy energetik kompaniyalar tomonidan elektr energiya iste'mol qilinishining oshishiga olib keladi.