Maşhur nemis poygaçisi Mixael Şumaxerga 2013-yil oxirida olgan boş-miya sohasidagi jarohat oqibatlariga qarşi davolaş kurslari samarali ta'sir eta boşladi. U, toğdagi dam oliş çoğida oğir jarohat olgandi. Bu haqda Britaniyaning Mirror naşriga Ferrari kompaniyasining sobiq prezidenti va boşqaruv kengaşi raisi Luk di Montedzemolo ma'lum qilgan.

Ötgan yilning dekabr oyi oxirlarida Le Parisien gazetasi "Formula-1" poygalarining yetti karra jahon çempioni Şumaxerning soğliği tiklanmayotgani haqida xabar qilgan edi. Bungaça, Şumaxer menejyeri Sabina Kem, poygaçiga davolaş ta'sir qilayotganini aytgandi. Keyinçalik, u bu mavzuda söz yuritmagan, dekabrda esa, Şumaxerning tuzalayotgani töğrisidagi xabarlar haqiqatga mos kelmasligini bildirgandi. 

"Men unga davolaş kurslari ta'sir qilayotganidan xursandman, - degan di Montedzemolo. –Men uning kuçli xarakterga egaligini yaxşi bilaman. Işonamanki, u uşbu juda oğir vaziyatdan çiqib ketadi".