Google videoqönğiroqlar uçun Duo ilovasi işga  tuşgani haqida rasman e'lon qildi. Uşbu ilovani bir neça kun içida iOS va Android tizimidagi qurilmalarga yuklab oliş mumkin böladi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Ilovaga kiriş uçun faqatgina mobil telefon raqamini kiritişning özi kifoya. Duo yordamida qönğiroqlarni amalga oşiriş uçun heç qanday qöşimça röyxatdan ötiş talab qilinmaydi. Şuningdek ilovadan mobil telefonlarga qönğiroq qiliş uçun foydalaniş mumkin. 

Google'da qöşimça qilinişiça, Duo hattoki signal zaif bölganda ham işlaydi. Ilova tezlik yuqori bölmaganda tasvir sifatini avtomatik tarzda pasaytiradi. Bundan taşqari, Duo yaratuvçilari Wi-Fi'dan 3G yoki LTE'ga (yoki aksinça) ötganda aloqa uzilmasligiga va'da berişmoqda.  

Duöning öziga xos xususiyati - Knock Knock funksiyasi. Uning yordamida foydalanuvçi qönğiroqni qabul qilgunga qadar uni amalga oşirayotgan kişining kamerasidan tasvirni körişi mumkin böladi. 

Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, bu funksiya suhbat boşlangunga qadar kayfiyatni kötariş imkonini beradi. Foydalanuvçilar öz xohişlariga köra, Knock Knock funksiyasini sozlamadan öçirib qöyişlari mumkin.