15 avgust kuni bo‘lib o‘tgan saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan Gerasim Kochnev bugun Rio—2016 Olimpiadasining kanoeda eshkak eshish bahslari finalida ishtirok etdi.
Kochnev startni u qadar yaxshi olmadi va uning natijasi finishga qadar yomonlashib bordi. Dastlabki 250 metr masofada u beshinchi, masofaning yarmi va 750 metrda 6-o‘rinni egallab turgandi. Yakunda marrani yettinchi bo‘lib kesib o‘tdi. U 4.04.20 daqiqalik natija qayd etdi.
Germaniyalik Sebastyan Brendli Olimpiadaning ikki karra chempioniga aylandi. Kumush va bronza medallar Braziliya va Moldova vakillariga nasib etdi.














