Uch qavatli, 90 xonadondan iborat ikki, uch va to‘rt xonali uyda yosh oilalar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.
– Zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan ota-onalarimiz ham, yaqinlarimiz ham juda xursand, – deydi yangi uy sohibi, “Yurt kelajagi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi Azizbek Uzoqov. – Bu uy oilamizga omad keltiradi. Yoshlarini e'zozlaydigan shunday yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi.









