Xitoyning Şandun viloyatidagi sayyohlik firmasi, xodimlariga noyob usulda jarima solgani töğrisida xabar qilinmoqda. «Beytszin tsinnyan bao» naşrida yozilişiça, firma rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlariga e'tibor bermaganlar tovon tölagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Sayyohlik firmasi xodimlarining gazetaga ma'lum qilişlariça, ular har kuni tongda firma rahbarining Xitoydagi eng maşhur ijtimoiy tarmoği Weibo’da qoldirgan sözlarini öqib, unga izoh qoldirişgan.
Bunga e'tibor bermaganlarni esa jarima bilan jazolaşgan. Xususan, 14-avgust kuni 200 nafar xodimning har biriga 50 yuan (6,5 dollar)dan jarima solingan. Bundan taşqari, direktor ularga firma belgisi tuşirilgan libos bilan olingan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirişni talab qilgan.
Advokatning aytişiça, Xitoy qonunlariga köra, faqatgina Davlat hokimiyati fuqarolarga jarima soliş huquqiga ega. Şunga binoan, sayyohlik firmasi xodimlari huquq idoralariga murojaat qilişlari mumkin.












