Afinada 1896 yili ötkazilgan birinçi zamonaviy olimpiada öyinlarida birinçi örinni egallagan atletlar lavr bargi va kumuş medallar bilan taqdirlanganlar. Qiziği, ikkinçi örin egalariga bronza medallari topşirilgan bölib, uçinçi örin sohiblariga heç qanday sovrin berilmagan.

Parij olimpiadasi
1900 yili Parijda ötkazilgan Olimpia öyinlarida birinçi örinni qölga kiritgan sportçilar oltin medal örniga suratlar bilan taqdirlangan edi. Öşa paytlar bunday sovrin juda qimmatbaho sanalgan.

Uç öringa uçta medal
Sent-Luis şahri Olipiada tarixida ilk bor birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlarga muvofiq holda oltin, kumuş va bronza medallari taqdim etilgan musobaqadir. Bu voqea 1904 yili bölgan edi.

Olimpiada maş'alasi

Har ikki yilda Olimpiya şahrida an'anaviy grek libosiga burkangan ayollar Olimpiya öyinlari maş'alasini yoqadilar. Maş'ala maxsus optik qurilmalar yordamida quyoş nurlari yordamida yoqiladi. Şundan söng Olimpiada ramzi bölgan olov Gretsiyadan mezbon davlat tomon uzoq yölga çiqadi.
Olimpiada bayroğidagi halqalar
Bayroqdagi beş halqa beş qit'a: Afrika, Osiyo, Avstraliya, Yevropa va Amerikaning belgisidir. Ular bir-biriga döstona boğlanib ketgan.















