Xaker Ivan Kvyatkovskiy ota-onasiga tegişli kompyuterda zararli dasturiy ta'minotni körib qoladi va bunga javoban firibgarlar kompyuteriga virus joylaşga qaror qildi. Bu haqda Business Insider yozmoqda.

Kvyatkovskiy sözlariga köra, ota-onasining kompyuteriga örnaşib olgan dasturiy ta'minot unga virus tuşganini va “mutaxassis”ga murojaat qiliş kerakligi aytib, kerakli telefon raqamini körsatadi.

Xaker Windows XP simulyatoridan foydalangan holda, özini kompterni tuşunmaydigan odamdek tutib, firibgarlarga qönğiroq qildi. “Mutaxassislar” kompyuterni viruslardan tozalaydigan dasturiy ta'minotni örnatişni maslahat berişadi. Xaker haqiqiy kompyuter örniga simulyator işlatgani sabab firibgarlarning soxta virusli hujumni taşkil qilayotganini kuzatib turdi.

“Tekşiruv”dan söng firibgarlar antivirus dasturiy ta'minoti uçun bank kartasi ma'lumotlarini söray boşladi. Biroq Kvyatkovskiy dastlab xato ma'lumotlar berdi. Söngra kartani suratga tuşirib, uni fayl körinişida yuborişini aytdi. Firibgarlar bunga rozi bölişdi va xaker tomonidan zararlangan faylni oçib, öz kompyuterlariga virus tuşirişdi.