Sport | 11:32 / 19.08.2016
22551
1 daqiqa o‘qiladi

Rio–2016: Qirg‘iziston yagona medalidan mahrum qilindi

69 kilogramm vazn toifasida chiqish qilgan va bronza medal olgan qirg‘izistonlik og‘ir atletikachi Izzat Ortiqovning qonida doping aniqlandi. Natijada Qirg‘iziston Rio-de-Janeyro Olimpiadasida qo‘lga kiritgan yagona bronza medalidan mahrum etildi.

Sport arbitraj sudining rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, sportchining doping tahlilidan taqiqlangan strixnin moddasi topilgan.

10 avgust kuni bo‘lib o‘tgan final musobaqalarida Ortiqov 339 kg og‘irlik ko‘tarib, Olimpiadaning bronza medali sovrindori bo‘lgan edi. 

Bu Qirg‘iziston delegatsiyasi Rio-de-Janeyroda qo‘lga kiritgan yagona medal bo‘lib turgandi va endi terma jamoa medal olgan terma jamoalar ro‘yxatidan chiqib ketdi.

Mavzuga oid