Toşkentdagi Oybek köçasining 19 avgust kuni tongda yopilgan Nukus hamda Turkiston köçalari kesişuvi oraliğidagi qismida maxsus texnikalar yordamida bölajak favvoraning örni tayyorlab bölindi. Daryo.uz xabariga köra, bu haqda Telegram’dagi avtohavaskorlarning guruhlarida fotoxabarlar qoldirilgan.

Bundan avvalroq, Toşkent şahar hokimligi Toşkent temiryöl vokzali oldi hududlarini yanada obodonlaştiriş, hududda istiqomat qilayotgan köpsonli aholining madaniy hordiq çiqarişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida Oybek köçasining Nukus hamda Turkiston köçalari kesişuvi oraliğidagi qismi yopilişini ma'lum qilgan edi.

Vokzal atrofi hududida istiqomat qiluvçi aholi uçun yangiça yeçimdagi obodonlaştiriş işlari olib boriladi.