19 avgust kunidan boşlab Toşkent şahridagi Oybek köçasining Nukus hamda Turkiston köçalari kesişuvi oraliğidan ötgan qismi transport vositalari harakati uçun butunlay yopiladi.
Şahar hokimiyati axborot xizmatida xabar qilinişiça, bu yerda maysazorli yaşil hudud taşkil etilib, fonus va örindiqlar bilan ta'minlanadi.

Hokimlik rasmiy saytiga joylangan xabarda ta'kidlanişiça, bu şaharda avtomobil transporti harakatini tartibga soliş, Toşkent temir yöl vokzali oldi hududlarini yanada obodonlaştiriş, metro vagonlarining aylaniş joyida harakat xavfsizligini ta'minlaş, uşbu köçada istiqomat qilayotgan köpsonli aholining madaniy hordiq çiqarişlariga qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida amalga oşiriladi.
Vokzal atrofi hududida istiqomat qiluvçi aholi uçun yangiça yeçimdagi obodonlaştiriş işlari olib boriladi.
















