Jamiyat | 17:40 / 20.08.2016
9675
1 daqiqa o‘qiladi

“Andijon” vokzalining yangi binosi foydalanishga topshirildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ  “Andijon” vokzalining yangi binosini foydalanishga topshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda. Vokzal bir vaqtning o‘zida soatiga 350 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi. Avval bu ko‘rsatkich 50 yo‘lovchini tashkil etardi.

Qurilish paytida ma'muriyat binosi va chiptaxona alohida barpo etildi. 24 soat ish jarayoni uchun xodimlarga qulay imkoniyatlar hozirlab berildi. Yo‘lovchilar kunning istalgan qismida o‘zlariga zarur ma'lumotlarni olishlari mumkin bo‘ldi.

Bu yerda barcha qulayliklarga ega mehmonxona, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, onalar va bolalar xonasi, yuklarni saqlash xonasi va tibbiyot punkti joylashgan. VIP zalning intereri kelgan kishining e'tiborini o‘ziga tortadi. Unda zamonaviy va milliy uslublar uyg‘unlashtirilgan.
 

Mavzuga oid