O‘zbekiston | 09:58 / 06.02.2017
23365
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti qayerga ko‘chirilishi ma'lum qilindi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanining Qorasuv-4 massivida Toshkent arxitektura-qurilish instituti yangi binosi qurilishi boshlandi.

Institutning yangi binosi qurilishi oxirgi 4 yil davomida rejalashtirib kelinayotgandi. Shuningdek, Alisher Navoiy ko‘chasidagi mavjud korpusning to‘liq rekonstruksiya qilinishi varianti ko‘rilayotgandi. Biroq yakuniy qaror yangi bino qurish foydasiga chiqarildi, chunki bu o‘qituvchi va talabalarga ijodiy va loyihaviy vazifalarni bajarish uchun barcha zarur qulayliklarni yaratishga imkon beradi.

Institutda yangi binoga 1-1,5 yil ichida ko‘chish rejalashtirilayotgani aytildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today nashri.

Bugungi kunda institutda 2 mingdan ko‘proq talaba bakalavriatning 13 ta ta'lim yo‘nalishi va magistraturaning 20 ta ixtisosligi bo‘yicha ta'lim olmoqda.

Mavzuga oid