Ukraina, demokratik partiya nomzodi Hillari Klinton AQŞ prezidentligiga saylangudek bölsa, uşbu mamlakatdan jangovar qurol-aslahalar yordamini olişga umid qilişi mumkin, deb hisoblamoqda Ukraina içki işlar vaziri maslahatçisi Zoryan Şkiryak.
Şkiryakning 112 telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, Amerika saylovlari natijasiga "juda köp narsa boğliq".
Ukrain mulozimi aynan Klinton xonim prezident bölişiga işonadi. Uning fikriça, Hillari Rossiyaga nisbatan "jiddiy pozitsiya"ni egallaydi hamda Ukrainaning davlat manfaatlarini himoya qiladi.
Şkiryakning ta'kidlaşiça, Klinton allaqaçon u prezident bölsa, rasmiy Vaşington Kiyevga öqotar qurollarni taqdim etişi mumkinligi haqida bayonot bergan.












