Rio-de-Janeyro Olimpiadasida 49 kilogrammgaça bölgan boksçilar örtasidagi bahslarda oltin medalni qölga kiritgan Hasanboy Döstmatov Janubiy Afrikaning Golden Gloves promouterlik kompaniyasi bilan şartnoma imzolagani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.

Bundan avvalroq ESPN telekanalida  Dösmatov Golden Gloves bilan professional şartnoma imzolagani haqida aytilgandi. Yoş boksçi bu axborotda zarraça haqiqat yöqligini aytdi.

«Adaşib yozişgan. Golden Gloves bilan ham, boşqa promouterlik kompaniyalari bilan ham şartnoma tuzmadim. Umuman taklif ham, muzokara ham, heç narsa bölmagan», — degan u.

U naşr muxbirining savoliga javoban şunday degan: «Professional boksga ötişimga hali erta».

Qayd etiş joizki, Döstmatov çempionlikka erişganidan keyin bergani ilk intervyusida ham 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida unvonini himoya qilmoqçiligi haqida aytgandi.

Hasanboy Döstmatov professional şartnoma imzoladi