Rio-de-Janeyroda Olimpiada va Paralimpiya öyinlari vaqtida şaharning kam ta'minlangan oilalari mutlaqo bepul taomlar yeyişi mumkin bölgan restoran oçildi. Bu yerda dunyoning eng yaxşi oşpazlari mazali taomlar tayyorlaşadi.

Olimpiya şaharçasi restorani uçun sotib olingan mahsulotlar soni juda ham köpligi ma'lum böladi. 

Braziliyalik boş-oşpaz Devid Gerts va uning italiyalik hamkasbi Massimo Bottura bu haqida bilgaç, ularni Rioning kam ta'minlangan insonlarini töydiriş uçun sarflaşga qaror qilişdi. 

Şunday qilib, yordamga muhtoj insonlar bepul ovqatlanadigan restoran qurişga qaror qilişdi. 

Gerts va Bottura jamoasiga yer şarining turli burçagidan 45 nafar boş-oşpaz kelib qöşildi va Refettorio Gastromotiva loyihasi öz işini muvaffaqiyatli boşladi. 

«Biz isrofgarçilikka qarşi çiqamiz, oçlik bilan kuraşamiz va insonlarga yetarliça ovqatlanişi uçun imkon yaratamiz», — deydi Devid Gerts.

 

Olimpiya öyinlari tamom bölgaç, restoran «öz tuşliging uçun haq töla va muhtojlarga bepul keçki ovqat sovğa qil» tamoyili ostida işlaydi.

Fikrimizça, bunday taşabbuslar — hayotdagi köplab muammolarni birgalikdagi harakatlar bilan bartaraf etadigan jamiyat yaratişga ajoyib imkoniyatdir.