Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 avgust kuni Toşkent şahrida qurib bitkazilgan Olimpiya şaharçasiga taşrif buyurdi.
Şaharçaning qurilişiga 2022 yil 9 noyabrda tamal toşi qöyilgan edi. Öşanda davlat rahbari Olimpiya şaharçasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va özbek sportining olamşumul yutuqlari ramziga aylanişi, me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilğor innovatsion yeçimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bölişini ta’kidlagandi.
Qisqa vaqt içida 100 gektardan ziyod maydonda muhtaşam majmua qad rostladi. Qariyb 290 million dollarlik loyiha “CAMC Engineering” kompaniyasi tomonidan xalqaro talablarga muvofiq amalga oşirildi.


Şaharçada 5 ta asosiy sport majmuasi joylaşgan.
Xususan, velodrom murakkab muhandislik yeçimlari asosida, öziga xos dizaynda qurilgan. Uning yoğoç qoplamasi sifati, trayektoriyasi va buriliş burçaklari Xalqaro olimpiya qömitasi talablariga javob beradi. Jumladan, yölak eng mustahkam daraxtlardan yasalgan, qavatma-qavat yotqizilgan. Bu sifat muntazam saqlanişi uçun velodromda yil davomida bir xil harorat ta’minlanadi. Hatto velosportçilarga havo qarşiligigaça inobatga olingan.
Trekka yoruğlik bir xil va teng darajada tuşadi. Bu sportçilarga qulaylik bölişi bilan birga, tomoşa va televizion translatsiya me’yorlariga ham mos. Örindiqlar 2 ming 200 kişiga möljallangan. Xalqaro Olimpiya qömitasining yangi talabi böyiça tomoşa joylariga himoya tösiği örnatilgan.

Şuningdek, majmua köp funksiyali bölib, bu yerda stol tennisi, qiliçbozlik böyiça musobaqa va maşğulotlar ötkaziş ham mumkin. Bunday darajadagi velodrom Özbekistonda birinçisi.
Mutasaddilarga hududlarda şaroit yaratib, velosportni rivojlantiriş böyiça dastur tayyorlaş vazifasi qöyildi.

Şavkat Mirziyoyev stol tennisi hammabop, arzon va qulay sport ekanini ta’kidlab, har bir maktab va mahallada uni ommalaştiriş, anjomlarini işlab çiqariş yuzasidan körsatmalar berildi.























