Bahraynda ötkazilgan Osiyo Olimpiya Kengaşi Ijro qömitasi yiğilişida Toşkent 2029 yilgi IV Osiyo yoşlar öyinlariga mezbonlik qilişi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda III Osiyo yoşlar öyinlarining tantanali yopiliş marosimida e’lon qilindi.

Yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlariga 2009 yilda asos solingan va dastlabki musobaqa Singapurda ötkazilgan. 2013 yilda Xitoyning Nankin şahri ikkinçi musobaqaga mezbonlik qildi.

Yoşlar örtasidagi uçinçi Osiyo öyinlari 2025 yilda Toşkentda ötkazilişi kerak edi. Biroq, Osiyo Olimpiya kengaşi 2024 yil dekabrda mezbonlikni Toşkentdan olib qöydi va Bahraynga berdi. Bunga Özbekiston Toşkentdagi Olimpiya şaharçasi qurilişini belgilangan muddatda yakunlay olmasligi sabab qilib körsatildi.

Şu tariqa 2025 yilgi musobaqa Bahraynda ötkazildi va Özbekiston sportçilari unda tarixdagi eng yaxşi natijani qayd qildi.