Majmua 100 gektar hududni egallaydi. Şaharça markazidagi stadionda yengil atletikaning 48 yönalişi böyiça musobaqalar ötkaziş mumkin. Kompleksda ilk xalqaro standartdagi velodrom mavjud bölib, u Xalqaro Olimpiya qömitasi talablari darajasida qurilgan. Kun.uz muxbiri mamlakatimiz sport hayotida yangi sahifa oçişga xizmat qilişi kutilayotgan mazkur majmua va u yerda sportçilar, tomoşabinlarga möljallangan şaroitlar bilan tanişdi.
Poytaxtning şarqiy qismida, Yangi Özbekiston köçasi böyida joylaşgan Olimpiya şaharçasi 18 avgust kuni foydalanişga topşirildi. Şaharçaning qurilişi 2022 yil 9 noyabrda boşlangan bölib, uç yil davomida Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi tomonidan amalga oşirildi. Loyiha umumiy qiymati qariyb 290 mln dollarga baholangan.
Majmua 100 gektardan ortiq hududni egallaydi. Unda stadion, suv sporti saroyi, velodrom, yakkakuraş hamda jamoaviy sport turlari uçun majmualar, futbol, voleybol, tennis, çim ustida xokkey va yengil atletika uçun 15 ta oçiq maydon, paralimpiya yotoqxonasi va sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi mavjud.


12 ming kişilik stadion
Olimpiya şaharçasining markazida stadion joylaşgan. Uşbu majmua xalqaro turnirlar ötkaziş bilan bir qatorda mahalliy sportçilarni tayyorlaş, dual ta’lim tizimini rivojlantirişga ham xizmat qilişi kutilmoqda. Stadionning eng katta ustunligi şundaki, uning universal maydonida yengil atletikaning 48 yönalişi böyiça musobaqalar ötkaziş mumkin. 9 qatorli yuguriş yölaklari, xalqaro standartlarga mos yaşil maydon hamda texnik jihozlar jahon çempionati darajasidagi turnirlarni qabul qiliş imkonini beradi.

Mutaxassislarning ma’lum qilişiça, bu yerda Brilliant ligasi kabi xalqaro yirik musobaqalar, Paraatletika bahslari, k




























