Bugun Rio—2016 Olimpiadasining 64 kilogrammgaça vazn toifasidagi boksçilar örtasidagi turniri finalida özbekistonlik Fazliddin Ğoibnazarov oltin medal uçun jang qildi.
Uning raqibi kelib çiqişi kubalik bölgan, turnirda Ozarbayjon nomidan iştirok etayotgan sportçi Kallozo Sotomayor böldi.
U irodali jang olib borib, yakunda 2:1 hisobida ğalaba qozonib, Özbekiston uçun yana bitta oltin medal olib berdi.

Fazliddin Ğoibnazarov finalga qadar kongolik Malonga Dzalamou (1/16 final), hindistonlik Manoj Kumar (1/8 final), amerikalik Geri Rassell (1/4 final), rossiyalik Vitaliy Dunaysev kabi sportçilarni turnirdan çiqarib yuborgandi.
Şu tariqa, Hasanboy Döstmatov, Ruslan Nuriddinov, Şahobiddin Zoirovdan keyin Fazliddin Ğoibnazarov ham Özbekistonga Rio-de-Janeyro olimpiadasining oltin medali bilan qaytadigan böldi.
Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasi Olimpiadaning sönggi kunida 4ta medal oldi (2ta oltin va 2ta bronza). Endilikda delegatsiya hisobidagi medallar soni 13taga yetdi va Özbekiston umumiy reytingda 4ta oltin, 2ta kumuş hamda 7ta medal bilan Qozoğistonni bir poğonaga ortda qoldirgan holda, 21-örinda joylaşdi.












