00:24 / 22.08.2016
61368

Kun fotosi. Navro‘zovning g‘alabasiga chiday olmagan mo‘g‘ulistonlik murabbiylar protest sifatida o‘rtaga chiqib yechinishdi

Rio—2016 Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha 65 kg. vazn toifasida bronza medal uchun jangda O‘zbekiston vakili Ixtiyor Navro‘zov mo‘g‘ulistonlik Ganzorigiyn Mandaxnaranga qarshi gilamga chiqdi. Bellashuv yakuniga 5 soniya vaqt qolganida hisobda oldinda borayotgan mo‘g‘ulistonlik sportchi raqibidan ochiqchasiga qocha boshladi va  hakamlar sustkashlik uchun uning raqibi Navro‘zovga 1 ball berdi.

Natijada bu so‘nggi ball o‘zbekistonlik sportchi tomonidan qo‘lga kiritilgani uchun u bronza medaliga ega bo‘ldi. 

Medalga 5 soniya qolganida hakamlarning qarori hamda shogirdining sustkashligi tufayli medaldan quruq qolgan mo‘g‘ulistonlik murabbiy norozi bo‘lib, sahnaga chiqib keldi va protest bildirib, kiyimlarini birin-ketin yechib gilamga ota boshladi. Unga ikkinchi murabbiy ham qo‘shildi. Ularning bu harakati Rio—2016 Olimpiadasining 21 avgust kunida muhokama mavzusiga aylandi.

 

 

Mavzuga oid
Top