Bugun Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida yozgi olimpiada öyinlari nihoyasiga yetadi. Toşkent vaqti bilan 22 avgust kuni tongida, soat 4-00da Marakana stadionida XXXI yozgi Olimpiadaning yopiliş marosimi ötkaziladi.

Yopiliş marosimi braziliyalik musiqaçilar iştirokida keçib, olimpiada iştirokçilarining paradi ötkaziladi va olimpiada bayroği Tokio-2020 taşkiliy qömitasiga topşiriladi.

Marosim ssenariysi Rio karnavalining maşhur mutaxassisi Roza Magalayes tomonidan tayyorlangan. Norvegiyalik taniqli didjyey Kigo ham marosimda çiqiş qilişi haqida aytgan.

Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro şahrida keçdi, faqat futbol böyiça öyinlar turli şaharlarda ötkazildi.

Bu ilk marta Janubiy Amerika qit'asining Olimpiadaga mezbonlik qilişi böldi. Bu şuningdek 1968 yildagi Mexiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya öyinlari ötkazilişi böldi.

Olimpiadada 306ta medallar şodasi öynaldi, iştirokçi delegatsiyalar soni böyiça rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada iştirokçisi bölişdi.