Rio-de-Janeyro şahrida 5 avgust kuni boşlangan 31-Yozgi Olimpiada öyinlari mahalliy vaqt bilan 21 avgust oqşomida (Toşkent vaqti bilan 22 avgust kuni erta tongda) yakunlandi. Tadbir Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bölib ötdi. Musobaqalarda 11 mingdan ortiq sportçi iştirok etdi. Olimpiadada sportning 28ta turi böyiça 306ta sovrinlar majmuasi qölga kiritildi. Bu gal 27ta jahon va 91 ta olimpiada rekordi örnatildi. 2016 yilgi Olimpiada öyinlarini ötkaziş uçun 39,1 milliard real, ya'ni 9,75 milliard dollar sarflandi. Olimpiada öyinlari 32 sport inşootida ötkazildi. Bu inşootlarning katta qismi Olimpiada uçun maxsus qurilgan bölsa, kiçik qismi ta'mirdan çiqarildi.
Şuni ta'kidlaş kerak-ki, Braziliya prezidenti vazifasini vaqtinça bajarib turgan Mişel Temer bundan avval, iş vaqti tiğizligini bahona qilib, Olipiadaning yopiliş tadbirlarida iştirok etmasligini ma'lum qilgan edi. Biroq mahalliy matbuotda Olimpiada oçiliş marosimida u nutq sözlayotgan vaqtda tomoşabinlar huştak çalib, xalaqit bergani unga yoqmagani aytilmoqda.
Xalqaro Olimpiya Qömitasi prezidenti Tomas Bax 31-Olimpiada öyinlari yakunlanganini e'lon qildi. U 2016 yilgi Öyinlar taşkilotçilariga minnadorlik bildirdi. “Ana'naga binoan Öyinlar yakunlanganini e'lon qilaman”, dedi Tomas Bax. U braziliyalikarga murojaat qilar ekan, mehmondöstliklari uçun öz taşakkurini bildirdi. “Braziliyaliklar sizga rahmat. Murakkab vaziyatlarga qaramay Siz, faxrlanişga arzigölik qadriyatlaringizni namoyon etdingiz. Olimpiada öyinlari birdamlik ramziga aylandi. Biz Braziliyaga mehmon bölib keldik, ammo döst bölib uyga qaytayapmiz. Siz hamişa yuragimizda qolasiz”, dedi Xalqaro Olimpiada qömitasi prezidenti.
Rio-2016 Olimpiada öyinlari taşkiliy qömita raisi Artur Nuzman Olimpiada hamişa Braziliya xalqining, erkagu ayolining, yoşu qarisining yuragida qolajagini ta'kidladi va «hamma braziliyaliklar – Olimpiada qahramonlaridir», dedi.
Olimpiada ma'şalisi Braziliyalik xonanda ijrosidagi qöşiq jarayonida söndirildi. Ayni şu daqiqalargina biroz qayğuli böldi. Şundan keyin braziliyaliklar ğamginlikka yöl qöyişmadi. Olimpiada oçiliş marosimida bölgani kabi yopilişi ham tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir ommaviy ijro etilgan samba raqsi bilan yakunlandi. “Marakana” stadioni ma'lum vaqt ulkan raqs maydonçasiga aylandi. Raqs roppa-rosa 20 daqiqa davom etdi.
Rio-de-Janeyro meri Eduardo Paes Olimpiada bayroğini 2020 yilgi Olipiada öyinlariga mezbonlik qiladigan Tokio gubernatori Yuriko Koikega topşirdi. Şundan söng Yuriko Koike Tokio taqdimotini ötkazdi. Yaponiya delegatsiyasi tört yildan keyin nimalar bölişi yuzasidan namoyiş qilgan taqdimot tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe 2020 yilda Tokioda bölib ötişi kutilayotgan 32-Yozgi Olimpiada öyinlari a'lo darajada bölişi uçun hukumat qöldan kelgan hamma işlarni qilişi borasida va'da berdi. U Rio-de-Janeyro şahrida bölib ötgan Olipiada öyinlarida iştirok etgan yaponiyalik sportçilar bilan uçraşar ekan, “Tokiodagi öyinlar jahondagi insonlarning yuragidan örin olişiga işonişi”ni bildirdi. Abe olimpida öyinlarida iştirok etgan yapon sportçilariga özining minnadorçiligini izhor qildi. Rio-de-Janeyroda Yaponiya boş vaziri Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax bilan ham uçraşdi. Ular yana tört yildan keyin Yaponiya poytaxtida bölib ötadigan Olimpiadani taşkillaştiriş va dopingga qarşi kuraş bilan boğliq masalalarni muhokama qilişdi.
Kanada boş vaziri Jastin Tryudo Olimpiada öyinlarini yaxşi taşkillaştirgani uçun Braziliyaga minnadorçilik bildirdi. U 7 sentabr kuni boşlanadigan Paralimpiya öyinlarini intiqlik bilan kutayotganini ta'kidlab ötdi.
Rio-de-Janeyro Olimpiada öyinlarida 206 ta mamlakat va BMT nomidan muhojirlarning bitta delegatsiyasi – jami 207ta jamoa iştirok etgan bölsa, atigi 87ta mamlakat sportçisiigina medallarni qölga kiritdi. Oltin medallar esa atigi 59ta mamlakat vakiliga nasib qildi. Iordaniya, Kosovo, Puerto-Riko va Fiji tarixda birinçi bor Olimpiada öyinlarining medalini qölga kiritdi.
Rio-de-Janeyroda bölib ötgan Olimpiada öyinlarida birinçi örin AQŞga nasib qildi. «Okean orti» sportçilari 121 medalni qölga kiritdi. Medallarning 46tasi oltin. Ikkinçi örin 67ta medal sohibiga aylangan Buyuk Britaniyaga nasib qilgan bölsa, uçinçi örinni Xitoy egalladi. «Osmon osti mamlakati» sportçilari 70ta medalni qölga kiritdi. Törtinçi örin esa 56ta medalga ega bölgan Rossiyaga munosib körildi.
Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Özbekiston sportçilari Olimpiadaning kuçli 25taligiga kirdi. Hisobida 4ta oltin, 2ta kumuş va 7ta bronza bölgan Özbekiston Rio-2016 Olimpiadasida 21-örinni egalladi. Bu Yozgi Olimpiada Öyinlarida Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxşi körsatkiçdir. Umumjamoa hisobida Özbekiston Qozoğiston, Şveytsariya, Daniya, Şvetsiya, Ukraina, Belgiya, Polşa kabi davlatlarni ham ortda qoldirdi.
.Olimpiadada oltin medallarni boksçilar Hasanboy Döstmatov, Fazliddin Ğoibnazarov, Şahobiddin Zoirov hamda 105 kilogrammgaça bölgan vazn toifasidagi oğir atletikaçilar musobaqasida özbekistonlik sportçi Ruslan Nuriddinov qölga kiritdi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozoğiston 17 medalni qölga kiritdi. Ulardan 3tasi oltin. Bu bilan Qozoğiston umumjamoa hisobida Özbekistondan keyingi 22-örinni egalladi. Hisobida 1 ta oltin medal bölgan Tojikiston umumjamoa hisobida 58-örinda qayd etildi. Qirğiziston hisobida oğir atletikaçi Izzat Artikov ega bölgan 1ta kumuş medal bor edi. Biroq uning qonidan doping topilgani ortidan Qirğiziston mazkur medaldan ham mahrum böldi.
Özbekiston jamoasi 2008 yilgi Pekin Olimpiadasidan bitta oltin, ikkita kumuş va uçta bronza, jami 6 medali bilan qaytgan bölsa, 2012 yildagi London Olimpiadasida bitta oltin, uçta bronza medal bilan 47-örinni egallagandi.
Boks böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zolari Rio Olimpiadasida 3 ta oltin, 2 ta kumuş, 2 ta bronza medallarini qölga kiritib, umumjamoa hisobida Kuba, Qozoğiston, Rossiya, AQŞ kabi kuçli terma jamoalarni ortda qoldirib, 1-örinni egalladi. Hasanboy Dösmatov Olimpiada öyinlarida texnik mahorat körsatgani uçun Vel Barker kubogiga sazovor böldi. Vel Barker Kubogi 1936 yildan beri topşirib kelinadi.
Sportçilarimizga Riodagi yorqin, ğolibona iştiroklari uçun öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Biz siz bilan farxlanamiz! Ğalabalar muborak bölsin!!!
Şarofiddin Tölaganov / Tnews.uz











