Rio-de-Janeyro Olimpiadasiga langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etish uchun kelgan amerikalik sportchi, shu bilan birga zaxiradagi ofitser hisoblanadigan Sem Kendriks mashq vaqtida AQSh madhiyasini eshitib, yugurishdan to‘xtadi hamda madhiya tugagunicha joyida qotib turdi.
U musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida sakrash uchun langarcho‘p bilan yugurib kelayotgan vaqtida mamlakat madhiyasi yangrab qolgan. Shunda sportchi keskinlik bilan to‘xtagan va o‘z mamlakati bayrog‘ini ko‘zlari bilan qidirgan, uni topgach esa tik turgan holda madhiyani oxirigacha tinglagan.






