Yaponiya taşqi işlar vaziri Tomomi Inada, uç hafta avval uşbu lavozimga tayinlanganidan beri birinçi marta 23-avgust kuni mamlakatning Yokosukedagi harbiy-dengiz bazasiga taşrif buyurdi. 

Kiodo agentligining xabariga köra, Inada Yaponiyaning eng yirik harbiy kemasi — 19,5 ming tonna suv siğimli "Idzumo" vertolet taşuvçisini közdan keçirgan. Agentlikning xabariga köra, mudofaa vaziri kema ekipajiga murojaat qilib, Janubiy-Xitoy dengizida XXR qurolli kuçlari faoliyati kuçayib borayotgani tufayli Senkaku orollari hududida huşyorlikni oşirişga çaqirgan. 

Inada, şuningdek, dasturga binoan, Amerikaning Yokosukedagi harbiy bazasiga ham taşrif buyurib, "Ronald Reygan" aviataşuvçisi bortiga çiqadi. Bundan taşqari, Yaponiya mudofaa rahbari AQŞ yettinçi floti qömondoni, vitse-admiral Jozef Okoyn va AQŞning Yaponiyadagi harbiy dengiz kuçlari qömondoni kontr-admiral Metyu Karter bilan muzokaralar ötkazadi. 

Umuman, sönggi vaqtlarda AQŞ va Yaponiya KXDRning yadroviy va raketa sinovlari hamda Xitoy harbiy kemalarining Senkaku orollarida köp bora paydo bölişi tufayli harbiy tayyorgarliklarini faollaştirmoqda.