Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 1400-ot kuchiga ega giperkar seriyali ishlab chiqariladi
Bir guruh meksikalik muhandis va dizaynerlar 1400 ot kuchiga ega The Inferno giperkarini kichik seriyada ishlab chiqarishni tashkil etishmoqchi. Uning prototipi 2015-yilda namoyish etilgandi. Bu haqda o‘z manbasiga tayangan holda Car Buzz xabar qilmoqda.
Kupe 7 yil mobaynida italiyalik Antonio Ferraioli rahbarligida meksikalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi. Antonio bundan avval, Lamborghini kompaniyasining Veneno, Reventon va Asterion eksklyuziv mashinalarini yaratishda ishtirok etganlardan biridir.
The Inferno giperkarining kuzovi penometalldan ishlab chiqilgan. Uning asosini alyuminiy, kumush va rux metallari qotishmasi tashkil etadi. Bu material zichligi juda past bo‘lishi barobarida shovqinni yutishi va qattiqligi yuqoridir. Shu bilan birga qotishma o‘zining ilk hajmidan 100martagacha cho‘zilishi mumkin. Bu esa, zarbalar amortizatsiyasining yuqori darajasini ta'minlaydi.
Giperkarga 8 silindrli juft-turbo motor o‘rnatilgan bo‘lib, u «juda jiddiy ishlab chiqaruvchi» tomonidan yetkazib beriladi. 1400 ot kuchini beruvchi dvigatelga ega kupe 2,7 soniyada 96 km tezlikka erisha oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 394 kmni tashkil etadi.
The Inferno 2016-yil oxiridan boshlab ishlab chiqarilishi kerak. Mashinalarning ilk partiyasi First Edition deya nomlanib 12 dona nusxa bilan cheklanadi. Kupening narxi 2,14 million dollarni tashkil etadi.



Mavzuga oid
23:39 / 05.10.2021
Dunyodagi eng chiroyli giperkar ma'lum qilindi
00:22 / 21.04.2021
Xitoy kompaniyasi Bugatti Chiron’dan shiddatliroq giperkarni taqdim etdi
23:26 / 16.12.2020
AQSh kompaniyasi soatiga 500 kilometr tezlikka erisha oladigan giperkarni taqdim etdi
23:04 / 19.11.2020