Jamiyat | 10:46 / 23.08.2016
9046
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi ukrainlarning ahvoli Poroshenkoda tashvish uyg‘otmoqda

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Butun dunyo ukrain jamoatchiligini Rossiyadagi ukrainlar huquqini himoya qilishga chaqirdi. 

«Jahondagi barcha ukrainaliklar Rossiyadagi ukrainlarning huquqini himoya qilish uchun hissa qo‘shishi lozim. Rossiyadagi ukrainlar va ularning jamoat tashkilotlari qonunga rioya qilayotganiga qaramay, huquq-tartibot idoralari tomonidan bosimga uchramoqda», – deya Poroshenko so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

U, shuningdek, Rossiya ukrainlarni alohida millat deb hisoblamasligini ta'kidlagan. 

«Rossiya — ukrainlarga, ularning etnik huquqini rad etayotgan jahondagi yagona davlatdir. Putinning ukrainlar va ruslar yagona millatdir, ukrain xalqi mavjud bo‘lmagan, degan so‘zlarini qanday tushunish mumkin», –degan Pyotr Poroshenko. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid