Gazlaşmagan hududlarda isitiş mavsumida elektrning bazaviy limiti oşiriladi. Toşkent davlat texnika universitetining yuzlab talabalari keçasi köçaga haydaldi. Centrum Air aviakompaniyasi styuardessadan özbek tilida gapirişni söragan yölovçini samolyotdan tuşirib yubordi. Özbekistonda ölat bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqarorligi aytildi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Gazlaşmagan hududlarda isitiş mavsumida elektrning bazaviy limiti oşiriladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev kuz-qiş mavsumida aholini, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoya qiliş böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda isitiş mavsumida gazlaşmagan hamda gaz yetib bormagan hududlarda elektr energiyasi böyiça bazaviy meyorni 200 kilovatt-soatdan 350 kilovatt-soatga oşiriş taklifi maʼqullandi.
Dekabr oyida ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiş masalasini körib çiqiş, ijtimoiy reyestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning elektr energiyasi, gaz, kömir va kommunal xizmatlar xarajatlarini qoplaşda oilaning har bir aʼzosiga qöllanadigan daromad mezonini 1 million 430 ming sömgaça oşiriş masalasi ham körib çiqildi.
Toşkent davlat texnika universitetining yuzlab talabalari keçasi köçaga haydaldi
Toşkent davlat texnika universiteti talabalari Kun.uz'ga murojaat etib, 6-oktabr keçki payt yotoqxonadan çiqarib yuborilgani böyiça şikoyat qilişdi. Maʼlum bölişiça, ular universitet huzurida davlat-xususiy şeriklik asosida qurilgan yangi yotoqxonada tölovni amalga oşirgan holda yaşagan. Ammo universitet prorektori, prokuratura xodimi va uçastka inspektori yotoqxonani böşatiş kerakligini aytgan.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi bergan izohga köra, uşbu yotoqxona hozirça rasman foydalanişga topşirilmagan, kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmagan hamda undan foydalaniş uçun ruxsat olinmagan. Şu sababli obyektga talabalarni rasmiy tartibda joylaştiriş imkoni mavjud emas. Qayd qilinişiça, talabalar mazkur yotoqxonaga belgilangan tartibga rioya etmagan holda tadbirkor tomonidan joylaştirilgan. Bu haqda universitet ham, vazirlik ham oldindan xabardor bölmagani aytilmoqda. Holat aniqlanganidan söng talabalarning xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş maqsadida tegişli çoralar körilgan. Taʼkidlanişiça, mazkur binoga joylaştirilgan talabalardan undirilgan tölovlar tadbirkor tomonidan töliq qaytarib berilgan.
Centrum Air aviakompaniyasi styuardessadan özbek tilida gapirişni söragan yölovçini samolyotdan tuşirib yubordi
Centrum Air aviakompaniyasining 5-oktabr kuni Samaradan (Rossiya) Toşkentga uçadigan reysida styuardessa va yölovçi örtasida kelişmovçilik yuz berdi. Öziga özbek tilida murojaat qilişni söragan yölovçi samolyotdan tuşirib yuborildi.
Komil ismli fuqaro Samaradan Toşkentga uçadigan reysga çiqarilmagani yuzasidan ijtimoiy tarmoqda video joylaştirdi. Uning aytişiça, styuardessadan özbekça gapirişni söraganidan keyin, u havo kemasi komandiri bilan gaplaşgan va yölovçini reysdan tuşirib yuborgan. Oqibatda u boşqa reys bilan Özbekistonga qaytgan.
Centrum Air aviakompaniyasi bergan izohga köra, barça bort kuzatuvçilar özbek, rus va ingliz tillarini biladi hamda yölovçilar bilan qulay tilda muloqot qiladi. Taʼkidlanişiça, Samara-Toşkent reysi yölovçisi bort kuzatuvçisiga nisbatan tajovuzkor munosabatda bölgan, işga xalaqit bergan, şu sababli havo kemasi komandiri yölovçini parvozga qöymaslik töğrisida qaror qabul qilgan. Kompaniya uşbu qarorni töliq asosli deb hisoblamoqda.
Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga sabab bölgaç, Centrum Air boş direktorining birinçi örinbosari Maʼmurjon Madaliyev holatga izoh berdi. U bort kuzatuvçi nohaq ekani, yölovçining barça transfer xarajatlari aviakompaniya tomonidan töliq qoplab berilişini maʼlum qildi.
Özbekistonda ölat bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqarorligi aytildi
Rossiyaning Irkutsk şahrida ölat kasalligiga gumon holati qayd etilgani haqida xabarlar tarqalgaç, Sanepidqöm vakili Özbekistonga şu kabi xavfli yuqumli kasalliklar kirib kelişining oldini oliş borasida qanday profilaktik çoralar körilganini maʼlum qildi.
«Avvalo şuni aytiş kerakki, mamlakatimizda ölat kasalligi bilan boğliq epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanişga heç qanday asos yöq», dedi Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi raisining birinçi örinbosari Nurmat Otabekov.
Uning taʼkidlaşiça, Özbekistonda şu va boşqa öta xavfli yuqumli kasalliklarning çetdan kirib kelişi va tarqalişining oldini olişga qaratilgan zarur çora-tadbirlar tizimi yaratilgan. Xususan, ayni paytda davlat çegaralarini kesib ötiş joylarida (xalqaro aeroportlar, temiryöl stansiyalari, avtomobil yöllarida) 53 ta sanitariya nazorat punkti faoliyat yuritmoqda. Ular orqali xorijdan kirib kelayotgan şaxslar doimiy tibbiy kuzatuvdan ötkaziladi.











