RF qurolli kuçlari 7-oktabrga ötar keçasi va tongda raketa va dronlar bilan yopirilma hujum amalga oşirib, Ukrainaning bir neça oblasti böylab zarba berdi. Ukraina qurolli kuçlari hisobotiga köra, tun mobaynida beşta ballistik raketa, 39 ta qanotli raketa, şuningdek 117 ta dron (şundan 38 tasi reaktiv qurilmalar bölgan) urib tuşirilgan.

Çernihiv oblastining Priluki şahrida qanotli raketa kelib urilişi oqibatida beş qavatli turar joy binosining ikkita podyezdi vayron bölgan. Rasmiylarga köra, bu zarba oqibatida 14 kişi halok bölgan, qurbonlar orasida tört nafar bola ham bor. 50 kişi, jumladan, yetti nafar bola jarohat olgan.

Foto: t.me/chernigivskaODA
Rasmiylarning maʼlumotlariga köra, Prilukka berilgan zarbada halok bölganlar orasida tört nafar bola bor.

Prilukiga hujum vaqtida boşqa uylar, bolalar va ösmirlar ijod markazi, sanoat korxonalari hamda xususiy avtomobillar ham şikastlangan.

Kiyevda ham tunda ballistik raketalarning bir neça tölqini kuzatilgan. Şaharning törtta rayonida zarbalar qayd etilgan, ikki kişi halok bölgan.

Şuningdek, Poltava oblastidagi Kremençug şahrida ham ikki kişi halok bölgan. Mahalliy rasmiylarga köra, bu yerda ham turar joy binosi zarbaga uçragan.

«Rossiya armiyasi bugun Putinga tuğilgan kunida Çernihiv oblasti Priluki şahridagi köp qavatli uy binosi vayron qilinişini „sovğa“ qildi», – deya zarba yuzasidan munosabat bildirgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Vladimir Putin 7-oktabr kuni 74 yoşga töldi.

Zelenskiy keng kölamli zarbaning asosiy nişoni energetika infratuzilmasi bölganini taʼkidlab, rossiyaliklar «oğriqli va namoyişkorona zarba berişni xohlagani»ni qöşimça qildi.

Foto: Ukraina FVDX / AP / Scanpix / LETA

Rossiya mudofaa vazirligi öz maʼlumotida harbiy obyektlar, xususan, Kiyevdagi dron yiğiş sexi va «Flamingo» raketalarini yiğiş korxonasi, Odessa oblastidagi ekipajsiz katerlar işlab çiqariş zavodi, Kirovograd oblastidagi dronlar uçun butlovçi qismlar işlab çiqariş sexi va boşqa şunga öxşaş korxonalarni zarba nişonlari deb atagan. Harbiy idora energetika infratuzilmasiga berilgan zarbalar haqida töxtalmagan.