Turkiya öz çegaralari yaqinidagi hududlarni IŞID jangarilaridan butunlay tozalamoqçi. Bu ma'lumot 21 avgust kuni uşbu jangari taşkilot tomonidan mamlakat janubidagi töy marosimi vaqtida 54 kişining ölimiga sabab bölgan yirik sodir etilişi fonida paydo böldi.
"IŞIDni öz çegaralarimizdan surib taşlaşimiz kerak. Biz bu xavfdan qutiliş uçun nima qiliş kerak bölsa, şu işni amalga oşirişimiz kerak", degan Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli matbuot anjumani vaqtida.
Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanuvçi Suriyadagi muxolif guruhlaridan birining yetakçisi Turkiya va Suriya çegarasi yaqinidagi IŞID qölida bölgan Jyerbalus şahriga hujum boşlanişi haqida aytgan.
Suriya hukumatiga duşman bölgan "Suriya ozodlik armiyasi" Turkiya hududidan turib hujumga ötişi kutilmoqda.
Başar Asad armiyasi esa hududda Rossiya aviatsiyasi, Eronning quruqlikdagi qöşinlari hamda Livandagi "Hezbulloh" taşkiloti qöşinlari kömagida harakatlanmoqda.
Suriyada 5 yildan buyon davom etayotgan fuqarolik uruşi 4 milliondan ortiq kişining "yostiğini quritgan". Bu vaziyat tufayli Yevropa Ikkinçi jahon uruşidan beri ilk marta qoçqinlarning ulkan oqimi bilan töqnaşdi.












