Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kia yangi Rio dizaynini namoyish etdi
Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi ixcham xetchbek, yangi avlod Rio modelining tizerini oshkor qildi. Uning rasmiy taqdimoti 29-sentabr kuni Parij avtoko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Mashinani ishlab chiqarish shu yilning oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi.
To‘rtinchi avlod «Rio»ning tashqi ko‘rinishi Germaniya va Kaliforniyadagi dizayn studiyalarda ishlab chiqilgan. Janubiy Koreyaning Namyang shahridagi Kia markazi mutaxassislari ular bilan hamkorlik qilishgan. Xetchbekning g‘ildiraklar asosi va yukxona bo‘limi kengaygan. Uning hozirgi modelining bu boradagi o‘lchami 2,57 metr va 288 litrni tashkil etadi.

Taxminlarga ko‘ra, Kia Rio modeli Android Auto va Apple CarPlay interfeyslarini qo‘llaydigan yangi axborot-ko‘ngilochar tizimiga ega bo‘ladi.
Unga Hyundai i20 modeliga o‘rnatiluvchi 3 silindrli, 1 litrlik turbomotor o‘rnatilishi mumkin. Mazkur dvigatel mashinani 100 yoki 120 ot kuchi bilan ta'minlay oladi.

Mavzuga oid
17:00 / 21.04.2026
Avtomobilni oson tarzda yangilab oling: Kia’da 20 million so‘mgacha foydaga ega bo‘lish bilan Trade-in
17:00 / 17.04.2026
Kia Uzbekistan Futbol bo‘yicha FIFA World Cup 2026™ jahon chempionatiga bag‘ishlangan modellarning maxsus seriyasini yo‘lga qo‘ymoqda
17:00 / 13.04.2026
Kia’ning yangi sedani O‘zbekiston yo‘llariga chiqish uchun hozirlik ko‘rmoqda
19:00 / 03.04.2026