Olimpiadada sovrindor bo‘lgan bokschilar davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Rio-de-Janeyro Olimpiadasidan oltin va kumush medallar bilan qaytgan bokschilar Fazliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov, Hasanboy Do‘smatov, Shahram G‘iyosov va Bektemir Meliqo‘ziyev "O‘zbekiston iftixori" faxriy ordeniga munosib ko‘rildi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma besh yilligi munosabati bilan fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san'at, ma'naviyat va ma'rifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e'lon qilindi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.
Unga ko‘ra, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari, Olimpiadada bronza medal olgan Rustam To‘laganov va Murodjon Ahmadaliyev, Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Magomed Ibragimov va Ixtiyor Navro‘zov hamda Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Diyorbek O‘rozboyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi” ordeni bilan taqdirlandi.
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Ruslan Nuridinov va Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Rishod Sobirov “El-yurt hurmati” ordeni egalari bo‘lishdi.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi, Rio Olimpiadasida bronza medal olgan Tasmuradov Yelmurat esa “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
Jahon | 18:28
-
Andijonda yuk mashinasi yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketdi
Jamiyat | 18:24
-
Chexiya bosh vazirining X’dagi akkaunti buzib kirildi va u orqali feyk postlar e’lon qilindi
Jahon | 18:21
-
Zelenskiy frontda xitoylik askarlar asirga olinganini ma’lum qildi
Jahon | 18:15
Mavzuga oid

09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi

20:32 / 24.10.2024
Zokirjon Almatov faxriy unvon bilan taqdirlandi

08:55 / 21.04.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev «qonli» jangda yengilmas raqibni yengdi

08:40 / 08.10.2023