Bugun Braziliyada prezident Dilma Russeffning impiçment jarayoni yakuniy bosqiçi boşlanadi.

Bu bosqiç bir neça kun oladi, bosqiç Oliy sud rahbari Rikardu Levandovski rahbarligidagi Senatning şoşilinç majlisi oçilişi bilan boşlanadi.

26 avgust kuni esa guvohlarni söroq qiliş taşkil etiladi. Bu jarayon kun davomida bölib ötişi va keyingi kunda ham davom etişi kutilmoqda.

Asosiy voqealar 29 avgust kuni röy beradi. Aynan şu kuni Russeff özini himoya qilişga kirişadi.

Telesur talekanali xabarida unga nutq qiliş uçun yarim soat ajratilişi aytilgan, lekin Levandovski zarurat tuğilsa bu muddat uzaytirilişi mumkinligini aytgan. Bu jarayonda ayblovçilar va himoyaçilar davlat rahbariga savollar bilan murojaat qilişadi, keyin senatorlar muhokamalarga kirişadi va nutqlar bilan çiqişadi. Bu jarayon 20 soat davom etişi mumkin.

Bu bosqiçlar yakunlanganidan keyingina senatorlar ovoz berişni boşlaşadi, Levandovski bu bosqiç qaçon boşlanişiga aniqlik kiritmagan.

Ekspertlarning qayd etişiça, bu 30 yoki 31 avgust kunlari böladi.

Russeffning impiçmenti tarafdorlari uni moliyaviy qonunbuzarliklarda ayblamoqda. Jumladan, prezident ikkinçi mandatining dastlabki oylarida parlament bilan maslahatlaşmay byudjyet mablağlarini ajratiş borasida bir qança farmonlarni imzolaşda hamda davlat banklariga ajratiladigan tölovlarni ortga surişda ayblanmoqda.