08:38 / 25.08.2016
10255

Chempionlar Ligasining barcha ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi

2016/17 yillardagi mavsumda Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha klublar ma'lum bo‘ldi. Guruhlarga bo‘lish uchun qur'a tashlash bugun, 25 avgustda Monakoda bo‘lib o‘tadi.  

Klublar qur'a tashlashda savatchalarga quyidagicha bo‘lindilar: 

1-savatcha: "Real" (Ispaniya), "Barselona" (Ispaniya), "Lester Siti" (Angliya), "Bavariya" (Germaniya), "Yuventus" (Italiya), "Benfika" (Portugaliya), "PSJ" (Fransiya), TsSKA (Rossiya).

2-savatcha: "Atletiko" (Ispaniya), "Borussiya" D (Germaniya), "Arsenal" (Angliya), "Manchester Siti" (Angliya), "Sevilya" (Ispaniya), "Portu" (Portugaliya), "Napoli" (Italiya), "Bayyer" (Germaniya).

3-savatcha: "Bazel" (Shveytsariya), "Tottenxem Xotspur" (Angliya), "Dinamo" K (Ukraina), "Lion" (Fransiya), "PSV Eyndxoven" (Niderlandiya), "Sporting" (Portugaliya), "Bryugge" (Belgiya), "Borussiya" M (Germaniya).

4-savatcha: "Seltik" (Shotlandiya), "Monako" (Fransiya), "Beshiktash" (Turtsiya), "Legiya" (Polsha), "Dinamo" Z (Xorvatiya), "Ludogorets" (Bolgariya), "Kopengagen" (Daniya), "Rostov" (Rossiya).

Rossiya va Ukraina klublari qur'a tashlash vaqtida turli guruhlarga ajratiladi.

Mavzuga oid
Top