5 nafar britaniyalik Şarqiy Sasseks hududida, La-Manş böğozi suvlarida çömiliş vaqtida halok bölgan. Bu haqda Sky News telekanali Qirollik milliy qutqaruv xizmati taşkilotiga asoslangan holda xabar bergan.
Telekanal xabarida aytilişiça, qutqaruvçilar çorşanba kuni suvdan 3 kişining jasadini olib çiqişgan, lekin ularning jonini saqlab qolişning iloji bölmagan. Yana 2 jasad Kamber Sands sohili yaqinidagi suvdan topilgan.
Talqinlardan birida aytilişiça, ular meduza tişlaşi oqibatida halok bölgani ehtimol. Lekin qutqaruvçilar bu sababni inkor etişmoqda, bu hududdagi meduzalarning tişlari "qiçitqi ötdan ortiqroq ozor bera olmaydi".
Fojianing yana bir ehtimoliy sababi sifatida tölqin ortga qaytgan vaqtida suvdagilarni çöktirib yuborgani aytilmoqda.
Politsiyaçilar va qutqaruvçilar sohildagilardan suvga tuşmaslikni söramoqda.












