Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda dunyodagi ilk haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
25 avgust kuni Singapurda nuTonomy kompaniyasi tomonidan dunyodagi ilk haydovchisiz taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, yuqori texnologiyali avtoparkda bunday avtomobillardan oltitasi bor, nuTonomy kompaniyasi xodimi kelgusida bu miqdor 12taga oshirilishini aytib o‘tgan.
2018 yilgacha esa kompaniya butun avtoparkni haydovchisiz boshqaruvli bo‘lgan Renault Zoe va Mitsubishi i-MiEV elektrokarlari bilan to‘ldirishga va'da bermoqda.
Bunday avtomobillar Lidar tizimi bilan ta'minlangan, u makonda mo‘ljal olish uchun lazerdan foydalanadi. Shuningdek, avtomobillardagi uskunalar paneliga to‘siqlarni skanerlash va svetoforlardagi signal o‘zgarishlarini aniqlash uchun ikkitadan kamera mavjud.
Dunyodagi ilk haydovchisiz taksilar markazdan 2,5 kv mil masofa hududida harakatlanadi. Xizmatdan foydalanish uchun mijozlar kompaniyaning maxsus taklifnomasiga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Kompaniyaning bosh direktori Dag Parkening hisoblashicha, nuTonomy xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi shahardagi avtomobillar sonini 900 mingtadan 300 mingtagacha tushirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
14:59 / 09.01.2026
Qora dengizda dron zarbasi oqibatida Elbus tankeri shikastlandi
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
21:17 / 06.11.2025
Singapurda onlayn firibgarlik uchun darralash jazosi joriy etildi
20:06 / 05.10.2025