WikiLeaks asosçisi Julian Assanjning bayonot berişiça, uning sayti AQŞ prezidentligi uçun Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasidagi faoliyatiga doir qölga kiritilgan maxfiy ma'lumotlarni oşkor qiliş arafasida, deb xabar bermoqda Fox News.
«Men voqealar rivojini oldindan başorat qilişni xohlamayman, biroq bu ma'lumotlar saylovoldi kampaniyasi bilan boğliq turli institutlardan olingan», — degan Assanj.
Uning qayd etişiça, materiallarning ayrimlari ançagina qiziqarlidir, boşqalari esa, ayni vaqtda oşkor bölgan ma'lumotni boşqa tomondan yoritadi.
Eslatib ötamiz, iyul oyi örtalarida Hillari Klinton Rossiya maxsus xizmatlarini Demokratik partiya Milliy qömitasi kompyuterlarini buzişda ayblagan edi.












