Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov Italiya respublikasi prezidenti Serjo Mattarellega 2016 yilning 24 avgust kuni mazkur mamlakatning markaziy qismida köplab insonlarning halok bölişi va vayrongarçiliklarga sabab bölgan kuçli zilzila munosabati bilan samimiy hamdardlik izhor etilgan maktub yölladi. Bu haqda Özbekiston TIV saytida ma'lum qilingan.
Davlat rahbari öz maktubida qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga hamdardlik va qayğudoşlik sözlarini yetkazişni söragan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, uşbu tabiiy ofat qurbonlari soni 241 nafarni taşkil qilmoqda. Şuningdek, 265 kişi jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilgan.












