Amerikaning Kentukki ştatida faoliyat yurituvçi McDonald's tamaddixonasiga kirgan ikki mijoz oşxona burgeridan qurt çiqqani haqida ma'lum qilişdi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Meyfildda yaşovçi Medison Stivensning aytişiça, u tamaddixonada özi va bir yoşli farzandi uçun taom buyurtma bergan. Taom keltirilgaç, uni tanovul qilmoqçi bölganida burger içidan qurt çiqib kelgan. Şundan söng, Medison tarmoq rahbariyatiga murojaat qilgan, ular tovon sifatida 10 dollarlik McDonald's hadya kartasini berişgan.
Ştatning Draffenvill şahrilik Leysi Jo Lovett ham McDonald's burgerida qurt çiqqanini aytmoqda.
Tarmoq vakillari, kompaniyada suriştiruv işlari olib borilayotgani, aybdorlarga çoralar körilişini ma'lum qilişgan.












