Iroq Saudiya Arabistoniga Bağdoddagi elçisi Tamer as-Subxonni özgartiriş talabi bilan murojaat qildi. Bu haqda Iroq taşqi işlar vazirligi ma'lum qildi.
"As-Subxonning Bağdodda bölişi Iroq va Saudiya Arabistonidagi munosabatlarning rivojlanişiga tösiqdir", deb aytdi vazirlik vakili Ahmad Jamol. U Iroq taşqi işlar vaziri boşqa elçi yuborişini talab qilayotganini aytdi. Elçining özi esa "musulmonlar uçun barça yaxşi narsalarni izlaş bilan şuğullanayotgan" Saudiya Arabistoni rahbariyati xizmatkori ekanligini aytgan.
Jamol Saudiya Arabistonining Iroqqa nisbatan siyosati özgarmasligini aytdi.
As-Subxon oxirgi 26 yil içida Saudiya Arabistonining Iroqdagi birinçi elçisi böldi. Saudiya Arabistoni elçixonasi 1 yanvardan iş boşlagandi. U 1990 yilda Iroqning Kuvaytga hujum qilişi oqibatida yopilgandi.
As-Subxonning Iroqdagi işi muntazam ravişda turli mojarolar bilan keçgan. Oxirgi mojarolardan birida Iroq şia hukumat tomon ayirmaçilari qömondonlaridan biri Aus al-Hafajiy As-Subxonni öldiriş unga şaraf ekanligini aytgan. Elçi esa unga suiqasd tayyorlanayotganini ma'lum qilgan.












