Norvegiyadagi Xardangervidda milliy boğida çaqmoq zarbasi birdaniga 323ta buğuni halok qildi. Bu haqda BNO News xabar tarqatgan.

Norvegiya atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi vakili Elin Fossxaug Olsening ma'lum qilişiça, jonivorlarning jasadlari 50 metr kv maydondan topilgan.

Olsening aytişiça, bu kamdan-kam röy beradigan hodisa bölib, bungaça ekspertlar şunça buğuning birdaniga halok bölgani hodisasini qayd etişmagandi.

Norvegiyalik mutaxassislar buning aniq izohini keltira olişmayapti. Taxmin qilinişiça, ular bir-birlariga yopişib, töplanib turgani tufayli birdaniga jon berişgan bölişi mumkin.

Bungaça çaqmoq zarbi yetkazgan eng yirik halokat 2005 yili Avstraliyada qayd etilgan, öşanda çaqmoq zarbi tufayli bir vaqtning özida 68 sigir halok bölgandi. Bunday vaziyatda odamlarning halokati bilan boğliq eng yirik hodisa Peruda qayd etilgan. 1971 yili çaqmoq LANSA aviakompaniyasi samolyotiga urilişi oqibatida 91 kişi vafot etgan.