29-avgust kuni Nyu York şahrida tennis böyiça AQŞ oçiq çempionatiga start beriladi. Musobaqa uşbu mavsumdagi Katta Dubulğa turkumining törtinça va sönggi bosqiçi bölib, 136-marta taşkil etilmoqda.
Tennis bahslari an'anaga köra, Billi Jin King nomidagi qattiq qoplamali kortlarda bölib ötadi. Erkaklar örtasidagi yakkalik bahslarida serbiyalik Novak Jokoviç yetakçi tennisçi hisoblanadi. 2011- va 2015-yilda ğoliblik naşidasini surgan Jokoviç bu yil Katta dubulğa sovrindori böla olmaydigan böldi. U, Londonning "Uimbldon" turnirida amerikalik Sem Kuerriga mağlub bölgandi.
Ayollar örtasidagi bahsda amerikalik Serena Uilyams birinçi raqamli tennisçi hisoblanayapti. U, bu yerda olti marta ğolib bölgan. Biroq, Serena ötgan 2015-yil yarim finalida italiyalik Roberte Vinçiga imkoniyatni boy bergan edi. Mabodo, Uilyams bu yil ğalaba qozona olsa, u nemis tennisçisi Şteffi Grafni Katta Dubulğa sovrinlari böyiça ortda qoldiradi. Hozirda ularning ikkisida ham 22tadan sovrin bor.
Diskvalifikatsiya tufayli rossiyalik Mariya Şarapova AQŞ oçiq çempionatini ötkazib yuboradi.
Mazkur turnirning umumiy sovrin jamğarmasi 46,3 mln dollarni taşkil etadi.

















