«Valensiya» hujumçisi Pako Alkaserning «Barselona»ga ötişi böyiça jarayon yakunlandi.

23 yoşli ispaniyalik hujumçi kataloniyaliklar klubi bilan 5 yillik şartnoma tuzgan. Uning şartnomasida tovon puli miqdori sifatida 100 million yevro körsatilgan. 

«Barselona» Alkaserning transferi uçun 30 million yevro tölagan va futbolçi «Barsa» uçun ötkazgan öyinlari soniga köra, 2 mln yevro bonus sifatida berilişi mumkin.

Öz navbatida Munir El-Haddodiy «Valensiya»ga keyinçalik 12 million yevroga sotib oliş huquqi bilan 1 yil muddatga ijaraga berilgan.

Ötgan mavsumda hujumçi «Valensiya» safida 34 uçraşuvda maydonga tuşib, 13ta gol urgan.