Qirğiziston poytaxti Bişkek şahrida, Xitoy elçixonasi joylaşgan hududda portlaş yuz berdi. Barça manbalar bu portlaş diplomatik bino içkarisida yuz bergani haqida xabar bermoqda.

Elçixonaga aloqador manbalarning bildirişiça, portlaş xudkuş terrorçi tomonidan sodir etilgan.

Terakt oqibatida elçixonaning bir neça xodimlari jarohatlangani aytilmoqda. Halok bölganlar haqida ma'lumot yöq.

Jabrlanuvçilarga tibbiy yordam körsatilgan.

Portlaş röy bergan hudud maxsus topşiriqli bölimlar xodimlari tomonidan örab olingan.