Citroen kompaniyasi, öz ta'biriga köra, yuqori toifali sedan hisoblanuvçi  CXPERIENCE prototipini namoyiş etdi. Uning birinçi rasmiy taqdimoti oktabr oyida Parij avtokörgazmasida bölib ötadi. 

Uzunligi 4,85 metrni taşkil etuvçi CXPERIENCE eni 2 metrni, balandligi 1,37 metrni taşkil etadi. Prototipning ğildiraklar bazasi 3 metrga teng.  

Kontsept-karga gibrid motor örnatiladi. Uning batareyasi oddiy elektr tarmoğidan quvvatlana oladi. Avtomobilga benzinli dvigatel, elektrmotor, 3 kVt/soatlik batareya hamda 8 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi joylanadi. Motorlarning jami quvvati 300 ot kuçiga teng. Elektr quvvat yordamida maşina 60 km masofani ortda qoldira oladi. 

CXPERIENCE intererida grek yonğoği yoğoçidan, yuqori sifatli mato va teridan foydalanilgan. Uning old örindiqlari köpikdan tayyorlangan bölib, haydovçi va yölovçilarning tana şaklini özida aks ettiradi. 

Uni boşqariş uçun priborlar paneliga örnatilgan 19-dyuymli ekran javob beradi. Masalan u orqali multimedia tizimi va iqlim sozlamalarini özgartiriş mumkin. Bundan taşqari, smartfon yordamida ham maşinani boşqariş imkoniyati mavjud. Xususan, dvigatelni işga tuşirsa böladi. 

CXPERIENCE modelining orqa modelida ötirgan yölovçilar esa, planşetlari yordamida musiqani yoki iqlim sozlamasini özgartira olişadi. 

Şuningdek, prototipga orqani körsatuvçi oyna örniga kamera örnatilgan. Özaro birlaştirilgan ovoz kuçaytirgiç va mirofon, proyektsion displey, diodli yoritqiçlar, 22 dyuymli disklar, eşiklarning bir-biriga qarşi tomonga oçilişi hamda atrofni körsatiş tizimini qayd etiş mumkin.