Turkiyaning “Zorlu Holding” kompaniyasi turk mahalliy avtomobilini yaratiş böyiça konsorsium tarkibiga kiruvçi 4 ta boşqa kompaniya bilan birga uşbu avtomobilning ilk prototiplarini taqdim qildi. 

Ma'lum qilinişiça, prototip “Vestel Elektronik” kompaniyasi bilan birgalikda yaratilgan va “VEO” deb nomlanadi. 

Avvalroq Turkiya fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Farruh Özlu Turkiyada mahalliy avtomobilni yaratişga 3 mlrd dollar investitsiya qilinişini ma'lum qilgan. Uning aytişiça, ayni vaqtda uşbu avtomobilning turli modellari prototiplarini yaratiş böyiça işlar olib borilmoqda. Ulardan biri elektr dvigatel bilan ta'minlanadi. Avtomobilning ilk prototiplari 2019 yildagi Jyeneva avtosalonida taqdim qilinişi rejalaştirilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mahalliy avtomobilning yaratilişi mamlakat iqtisodiyotini kuçaytirişini aytgan. U, şuningdek, avtomobillar qöşni davlatlarga eksport qilinişini qöşimça qilgan. 

Turkiyada uşbu avtomobilni xarid qiluvçilar maxsus iste'molçilik soliği tölaşdan ozod etiladilar. 

Foto: Zorlu Holding
Foto: Zorlu Holding
Caption
Foto: Zorlu Holding