AQŞ Transatlantika savdo va investitsiya hamkorligi böyiça muzokaralarda YeIning eng minimal standartlariga rioya qilişni ham xohlamadi, deya bayonot bergan GFR vitse-kansleri, iqtisodiyot vaziri Zigmar Gabriel. TASS agentligining xabar qilişiça, hozirça, Bryussel Vaşingtonni rasman xabardor qilmagan bölsa-da, muzokaralar töxtatilgan.
Agar Amerika tomonining qaraşi, prezidentlik saylovidan keyin ham özgarmasa, Transatlantika erkin savdo kelişuvi ham bölmaydi, deb ta'kidlagan Gabriel.
Avvalroq, Fransiya taşqi savdo masalalari böyiça davlat kotibi Mattias Fekl, rasmiy Parij Yevropa Komissiyasidan AQŞ va YeI mamlakatlari örtasida erkin savdo hududini taşkil etiş böyiça muzokaralarni butunlay töxtatişni talab qilişini bildirgan edi.
Iyul oyi örtalarida, Fransiya hukumatining Yevropa işlari davlat kotibi Arlem Dezir, Transatlantika erkin savdo va investitsiyalar kelişuvi 2016-yilda imzolanmasligini ma'lum qilgandi.












