Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Özbekiston Milliy axborot agentligi ma'lum qilgan.
Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Barak Obamaning tabrigida şunday deyiladi: «1 sentabrda nişonlanadigan Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Amerika Qöşma Ştatlari xalqi nomidan Sizga va Özbekiston xalqiga qizğin tabriklarimni yöllayman. Mamlakatingiz bu tarixiy sanani bayram qilayotgan şu kunlarda biz Özbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimo qöllab-quvvatlaşimizni yana bir bor ta'kidlaymiz. Amerika Qöşma Ştatlari 1991 yilning 25 dekabrida birinçilardan bölib Özbekiston mustaqilligini tan olgan paytdan boşlab mamlakatlarimiz örtasida mustahkam şeriklik munosabatlari örnatilgan. Mamlakatlarimizning yanada xavfsiz, farovon va demokratik kelajak yölidagi hamkorligi uzoq yillar davom etişiga işonaman.
Amerika Qöşma Ştatlari xalqi Sizni mustaqil Özbekiston tarixidagi uşbu muhim sana bilan muborakbod etadi».
«Prezident Janobi Oliylari!
Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Xitoy xalqi va şaxsan özim nomimdan Siz va döst Özbekiston xalqiga samimiy tabriklarim va qizğin tilaklarimni izhor etaman.
Mustaqillikning 25 yili davomida janob Prezident rahnamoligida Özbekistonda siyosiy barqarorlik va jadal iqtisodiy taraqqiyot saqlanib, mamlakatning xalqaro nufuzi salmoqli darajada yuksaldi, davlat qurilişi sohasida yorqin muvaffaqiyatlarga erişilmoqda. Amaliyot şuni körsatmoqdaki, janob Prezident tomonidan işlab çiqilgan taraqqiyotning «özbek modeli» mamlakatdagi real voqeliklarga mos keladi va ulkan hayotiy kuçga egadir.
Sönggi yillarda Xitoy – Özbekiston munosabatlarida yaxşi rivojlaniş tendensiyalari saqlanib turibdi va yangi strategik darajaga erişildi. Xitoy va Özbekiston aloqalari rivojlanib borayotgani va örtamizdagi samimiy döstlikni yuksak qadrlayman. Xitoy – Özbekiston munosabatlarida yuksak samaralarga erişiş va xalqlarimiz farovonligi yölida keng kölamli strategik şeriklikni izçil rivojlantiriş uçun Siz bilan doimo barça sa'y-harakatlarni qilişga tayyorman.
Mamlakatingizga ravnaq va yuksak salohiyat, xalqingizga baxt-saodat va farovonlik tilayman.
Prezident Janobi Oliylari, Sizga mustahkam soğlik va işlaringizda muvaffaqiyat tilab qolaman», deyilgan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning tabrigida.












