Vladimir Putin Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. 

Rossiya rahbari öz qutlovida ikki davlat örtasidagi munosabatlar muvaffaqiyatli rivojlanayotganini ta’kidladi. 

«Mamlakatlarimiz örtasidagi munosabatlar strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Moskva va Toşkentning MDH, ŞHT, BMT va boşqa köp tomonlama tuzilmalardagi hamkorligi yaxşi samara bermoqda. 

Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan konstruktiv ikki tomonlama aloqalarni barça sohalarda, döst xalqlarimiz farovonligi uçun, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş yölida bundan buyon ham izçil rivojlantirib borişimizga işonaman», deyiladi tabrik maktubida. 

Şu bilan birga, Putin özbekistonlik hamkasbiga «mustahkam soğlik va muvaffaqiyatlar», Özbekistonning barça fuqarolariga esa «tinçlik-osoyiştalik va ravnaq» tiladi.