Xitoyning Litszyan şahrida ikkita Ferrari 488 GTB superkari iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda. 

Maşinalardan birining egasi voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilarga töqnaşuvga yölga yugurib çiqqan it sabab bölganini aytgan. U itni çetlab ötmoqçi bölganda yonidan ötib ketayotgan boşqa maşinaga urilgan.

Biroq politsiya voqeaning boşqaça taxminini ilgari surmoqda. Uning fikriça, superkarlar egalari bir-birlari bilan taniş bölib, ular noqonuniy poygalar uyuştirmoqçi bölganlar. Bundan ular maşinalarining yopib qöyilgan davlat raqamlari ham dalolat bermoqda.